OAV vakillari uchun “KNAUF GIPS BUXORO” XKga press-tur tashkil etildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Buxoro viloyatida joylashgan “KNAUF GIPS BUXORO” XKga OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda korxona rahbar va xodimlari, vazirlik va uyushma mutaxassislari, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda korxona rahbari zavod faoliyati, quvvati, mahsulot turi va sifati, ishlab chqarish jarayoni haqida qisqacha ma’lumot berdi.

IMG_8992.jpg

IMG_8994.jpg

IMG_8997.jpg

IMG_8999.jpg

Ta’kidlanishicha, korxona 2011 yil foydalanishga topshirilgan bo‘lib bu yerda gipsokarton va metal profillar ishlab chiqariladi. Investitsiya loyihasining qiymati 69 mln yevroni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 40 mln metr kvadrat. Korxonaga Germaniyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 150 ga yaqin buxorolik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

IMG_9001.jpg

IMG_9002.jpg

IMG_9006.jpg

IMG_9014.jpg

E’tiborlisi, korxona korxona KNAUF xalqaro guruhi tomonidan qabul qilingan eng zamonaviy standartlarga muvofiq barpo yetilgan. Bu ishlab chiqarishning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish madaniyatidan tortib, ekologik xavfsizlik qoidalarini qamrab oladi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha mahalliy me’yorlarga va kompaniyaning jahon standartlariga amal qiladi. Eng yangi avlod chang yig‘uvchi uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, ular "chang shleyflari" hosil bo‘lish ehtimolining oldini oladi. Ahamiyatlisi, gips asosidagi zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish jarayonida chiqindi chiqarish ko‘rsatkichi nolga teng.

IMG_9021.jpg

IMG_9031.jpg

IMG_9068.jpg

Hozirda bu yerda 15 turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlar nafaqat mahalliy balki qo‘shni davtlarda ham xaridorgir.

Press-tur davomida OAV vakillari uchun korxona laboratoriyasida mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi. Sinov poligonlaridagi muvafaqiyatlar ham jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, press sayohat ishtirokichlari ishlab chiqarish jarayonlari, qadoqlash jarayoni, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech