- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- «Ohangaronsement» AJ bilan yaqindan tanishing
28 Aug 2024
218
«Ohangaronsement» AJ ning yangi liniyasi 2022-yilda foydalanishga topshirilgan. Investitsiya loyihasining qiymati 160 mln dollarni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln tonna. Korxonaga Rossiya, Avstriya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 500 dan ohangaronlik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.
E’tiborlisi, korxona ishlab chiqarish faoliyatini to‘liq muqobil energiya ya’ni ko‘mirda amalga oshiradi. Yana bir ma’lumot, ishlab chiqarishi to‘liq avtomatlashtirilgan, energiya resurslarini kam iste’mol qiluvchi va atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan zavoddir. Bu ishlab chiqarishni boshqarishda eng yangi texnologiyalar joriy qilingan haqiqiy raqamli zavoddir. Dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchi brendlaridan keltirilgan zamonaviy ishonchli “beshinchi avlod” uskunalaridir. Bu ishlab chiqarish maydonining barcha bo‘linmalarida 85 ta eng yangi filtr tizimlari o‘rnatish hisobiga atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirishga erishilgan zavoddir. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘mirning 6 foizi mahalliy, qolgan 94 foizi qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Hozirda bu yerda M-450, M-500 markadagi sement turlari ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlardan nafaqat bino va inshootlar qurishda balki ko‘priklar, neft-gaz, suv xo‘jaligi sohalarida ham keng foydalanilmoqda.