«Ohangaronsement» AJda 85 ta eng yangi filtr tizimlari o‘rnatilgan

News image

Toshkent viloyati hokimligi va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamkorligida Davlatimiz rahbarining barcha sement ishlab chiqaruvchilarda zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatish, filtrlarni yangilash to‘g‘risidagi topshiriqlari yuzasidan qilinayotgan ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida «Ohangaronsement» AJga OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda korxona rahbar va xodimlari, uyushma mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, korxona mutaxassislari tadbir ishtirokchilari uchun taqdimot o‘tkazishdi. Unda korxona rahbari zavod faoliyati, quvvati, mahsulot turi va sifati, ishlab chiqarish jarayonining atrof-muhitga ta’siri, zamonaviy filtrlar haqida to‘liq ma’lumot berdi.

IMG_0133.jpg

IMG_0134.jpg

Ta’kidlanishicha, korxonaning yangi liniyasi 2022-yilda foydalanishga topshirilgan. Investitsiya loyihasining qiymati 160 mln dollarni tashkil etadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 3 mln tonna. Korxonaga Rossiya, Avstriya, Germaniya va Xitoydan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar o‘rnatilgan. Korxonada hozirda 500 dan ohangaronlik yigit-qizlar mehnat qilishmoqda.

E’tiborlisi, korxona ishlab chiqarish faoliyatini to‘liq muqobil energiya ya’ni ko‘mirda amalga oshiradi. Yana bir ma’lumot, ishlab chiqarishi to‘liq avtomatlashtirilgan, energiya resurslarini kam iste’mol qiluvchi va atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan zavoddir. Bu ishlab chiqarishni boshqarishda eng yangi texnologiyalar joriy qilingan haqiqiy raqamli zavoddir. Dunyoning etakchi ishlab chiqaruvchi brendlaridan keltirilgan zamonaviy ishonchli “beshinchi avlod” uskunalaridir. Bu ishlab chiqarish maydonining barcha bo‘linmalarida 85 ta eng yangi filtr tizimlari o‘rnatish hisobiga atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirishga erishilgan zavoddir. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘mirning 6 foizi mahalliy, qolgan 94 foizi qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

IMG_0136.jpg

IMG_0137.jpg

Hozirda bu yerda M-450, M-500 markadagi sement turlari ishlab chiqariladi. Korxonada tayyorlangan mahsulotlardan nafaqat bino va inshootlar qurishda balki ko‘priklar, neft-gaz, suv xo‘jaligi sohalarida ham keng foydalanilmoqda.

Press-tur davomida OAV vakillari sement xom ashyosi, ko‘mirda ishlovchi uskunalar, yashil hudud, zamonaviy chang-gaz uskunalari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishdi. Korxona laboratoriyasida mutaxassislar sinov jarayonlarini amaliy namoyish etishdi.

IMG_0138.jpg

IMG_0140.jpg

Shuningdek, press sayohat ishtirokichlari ishlab chiqarish jarayonlari, qadoqlash jarayoni, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

IMG_0148.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech