“Ohangaronsement” AJga OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan OAV vakillari uchun Toshkent viloyatida joylashgan “Ohangaronsement” AJga press-tur tashkil etildi. Unda jurnalistlarga investitsiya dasturiga ko‘ra foydalanishga topshirilgan yangi sement zavodi, unda o‘rnatilgan energiya tejamkor texnologiyalar, mahsulot turlari va sifati, olib borilayotgan izlanishlar xususida ma’lumot berildi.

1.jpg

Dastlab, korxona mutaxassislari tomonidan jurnalistlar uchun taqdimot o‘tkazildi. Unda korxona faoliyati, quvvati va mahsulotlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Ta’kidlanishicha, "YEVROSEMENT grup" xoldingi tarkibiga kiruvchi “OHANGARONSEMENT” korxonasi negizida qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat klasteri tashkil etilgan. Klaster doirasida bir qator loyihalar amalga oshirilgan: “quruq” usulda yiliga 3 million tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega sement yangi zavod; yiliga 100 ming kub metr yuqori markali beton va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatga ega bo‘lgan yangi liniya; yiliga 4 ming tonna quvvatga ega olovga bardoshli g‘isht ishlab chiqarish yangi liniyasi. Klasterni rivojlantirishga kiritilgan jami investitsiyalar 200 million dollarni tashkil etadi.

2.jpg

Klasterning asosiy loyihasi – zamonaviy "quruq" usulda sement ishlab chiqaruvchi zavod. Yangi zavodni qurish uchun maqsadli bayonnoma 2017 yil 15 fevral Toshkentda "YEVROSEMENT grup" AJ va "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlararo o‘zaro iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha komissiya yig‘ilishi doirasida imzolangan. Modernizatsiya va sanoat qurilish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum 2017 yil 5 aprel kuni Moskva shahrida Rossiya va O‘zbekiston davlat rahbarlari va Bosh vazirlari huzurida imzolangan edi. Loyiha ikki tomonlama hamkorlikning muhim qismiga aylandi va 2019-2024 yillar davomida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik dasturining istiqbolli loyihalari ro‘yhatiga kiritildi.

2018 yilning oktabr oyida maydoni 10 gektarni tashkil etadigan qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Yangi texnologik liniya qurilishi amaldagi korxona hududida mavjud infratuzilmalardan maksimal darajada foydalangan holda barpo etildi. E’tiborlisi, olib borilgan izlanishlar natijasida 2021 yilning 28 yanvar kuni klinker kuydirish sexida aylanma pech ishga tushirildi va birinchi klinker olindi, 12 fevral kuni esa birinchi martada yuqori sifatli 500 markali portlandsement olindi.

3.jpg

Press-tur davomida OAV vakillari ishlab chiqarish jarayonlari, laboratoriya faoliyati, ishchi-xizmatlarchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

– "Yiliga 3 million tonna quvvatga ega yangi yuqori texnologiyali sement ishlab chiqarishning joriy etilishi mavjud "ho‘l" usulda mahsulot ishlab chiqaruvchi zavodning atrof-muhitga ta’sirini yaxshilash bo‘yicha navbatdagi investitsiya rejasini amalda tadbiq etish mumkin bo‘ladi. Yiliga jami 5 million tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy majmua mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarning zamonaviy talablariga javob beradigan hususiyatlarni ta’minlash imkonini beradi", – deydi "OHANGARONSEMENT" korxonasi bosh direktori Gennadiy Kulikov.

4.jpg

Shundan so‘ng OAV vakillari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. O‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javob olishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu zavod Markaziy Osiyoda eng yirik va MDH dagi eng zamonaviy korxona bo‘lib, ishlab chiqarishi to‘liq avtomatlashtirilgan, energiya resurslarini kam iste’mol qiluvchi va atrof-muhitga minimal ta’sir ko‘rsatadigan zavoddir. Bu ishlab chiqarishni boshqarishda eng yangi texnologiyalar joriy qilingan haqiqiy raqamli zavoddir. Dunyoning etakchi ishlab chiqaruvchi brendlaridan keltirilgan zamonaviy ishonchli “beshinchi avlod” uskunalaridir. Bu ishlab chiqarish maydonining barcha bo‘linmalarida 85 ta eng yangi filtr tizimlari o‘rnatish hisobiga atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirishga erishilgan zavoddir.

5.jpg

6.jpg

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech