Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

News image

Bugun – 20-mart kuni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Uyushma ijro etuvchi apparati, “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi, “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MChJ, “Uzbuildinvest” MChJ xodimlari ishtirokida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z” degan bosh g‘oya asosida, yosharish va yangilanish bayrami sifatida ko‘tarinki ruhda Navro‘z bayrami tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida so‘z olgan Uyushma Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov Davlatimiz Rahbarining 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorida ta’kidlanganidek, 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanayotganligini aytib o‘tdi.

2-20-03-2024.jpg

Navro‘zning azaliy qadriyat va an’analariga hamohang ravishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning kundalik hayoti, ongi va dunyoqarashida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar sanoatning boshqa tarmoqlari qatori qurilish materiallari sanoati sohasida ham yaqqol kuzatilmoqda.

2018-2023-yillarda qurilish materiallari sanoati jadal sur’atlarda rivojlandi. Xususan, qurilish materiallari sanoatining yillik ishlab chiqarish hajmi 2018-yildagi 12,9 trln so‘mdan 2023-yilda 34,2 trln so‘mga (2,6 barobar) oshdi.

Sohaga 2018-yilda 750 mln dollarlik investitsiya jalb qilingan bo‘lsa, o‘tgan yilda bu ko‘rsatkich 2,01 mlrd dollarga yoki 2,7 barobarga o‘sdi. 2023-yil mahsulotlar eksport hajmi 654 mln dollarga yetkazildi va belgilangan reja 104 foizga bajarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida mahsulotlar ishlab chiqarish 175,2 mlrd so‘mdan 1 923 mlrd so‘mni tashkil etib, 11 barobarga oshdi.

2023-yilda qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 34,2 trln so‘mni  tashkil etib, o‘sish 2022-yilga nisbatan 111 foizni tashkil etdi.

2024-yilda qurilish materiallari sanoatida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi qariyb 40 trln so‘mni, o‘sish 117 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

Joriy yil yakuniga ko‘ra sohaga 2,2 mlrd dollarlik investitsiyalar jalb etiladi, 1 mlrd dollardan ziyod mahsulotlar eksport qilinadi, mahalliylashtirish dasturi doirasida 2 trlnso‘mdan ziyod mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, zamonaviy qurilish materiallari zarur.

Shu bilan bir qatorda ularning zilzilabardoshligi ham katta ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilgan islohotlar natijasida mamlakatimizda 2018-yilga qadar tarmoqda 6 mingta korxona tomonidan  100 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 12 mingdan ortiq korxonalar tomonidan qariyb 200 turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda.

3-20-03-2024.jpg

Tadbirda so‘z olgan “O‘zqurilishmaterialLITI” MChJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi direktori Saydaxmat Razzoqov tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy tabrikladi hamda o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Mehnat jamoasi a’zolari e’tirof etganlaridek, bayram tadbirlari bahor ayyomida borliqning uyg‘onishi, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga mehr va e’tiborni aks ettiradigan, yurtdoshlarimizni bugungi tinch va osuda hayotimizni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga undaydigan ma’no-mazmun bilan ta’sirchan usullarda o‘tkazilmoqda.

Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanayotganligini inobatga olib, keksa avlod vakillari, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlari amalga oshirilmoqda.

4-20-03-2024.jpg

Jamiyatimizda hukm surayotgan millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan loyiha va aksiyalar uyushtirilib, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining Navro‘z bayramining ruhi va falsafasiga uyg‘un bo‘lgan urf-odat, an’ana va qadriyatlari keng namoyish etilmoqda.

Uyushma Boshqaruvi raisining o‘rinbosari Ilyos Raximov tadbir qatnashchilarini hamda ular orqali oila a’zolari va yaqinlarini Navro‘zi ayyom bilan tabriklab, bayram munosabati bilan berilgan qo‘shimcha va ulanib ketayotgan dam olish kunlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish, bayram har bir oila va ko‘ngillarda katta shodiyona bilan davom etishini tiladi.

O‘z navbatida, mehnat jamoasi a’zolari so‘z olib, jonajon Vatanimizning har bir fuqarosining to‘kin hayoti hamda kelgusi avlodning nurli kelajagi uchun izchillik bilan olib borilayotgan barcha jabhalardagi uzoqni, yuqori marralarni ko‘zlagan islohotlar uchun Davlatimiz Rahbariga o‘zlarining samimiy minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech