Ozarbayjon davlatiga 1,2 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi

News image

O‘zbekiston-Ozarbayjon munosabatlari ijobiy sur’at bilan rivojlanib bormoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda tovar ayirboshlash hajmi ikki barobardan ziyodga ko‘paydi. Shu bilan bir qatorda savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha, eng avvalo transport, energetika, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik aloqalari yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Bu esa ikki davlat o‘rtasida yaqin do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

IMG_3207.jpg

Keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasida qurilish materiallari sanoati bo‘yicha o‘zaro hamkorlik yil sayin rivojlanib bormoqda. Yildan-yilga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda Ozarbayjon davlatiga 3,9 mln dollarlik qurilish materiallari yetkazib berilgan. Xususan, keramik plitka, bazalt tolasi, PVX profillari, quruq qurilish qorishmalari kabi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. 2022 yil yanvar-mart oylarida 1,2 mln dollarlik qurilish materiallari eksport qilingan.

IMG_4371.jpg

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi jami 178 ta korxona faoliyat yuritadi, shundan 63 tasi qo‘shma va 115 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalardir.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech