Poytaxtimiz «O‘zekspomarkaz»da 25-Yubiley Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2024» ko‘rgazmasiga mezbonlik qiladi

News image

Bugun AOKAda «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi Axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov 25-Xalqaro qurilish ko‘ragazmasi – UzBuild 2024 haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 27-fevraldan 1-martga qadar Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da 25-Yubiley Xalqaro «Qurilish – UzBuild 2024» ko‘rgazmasi o‘z ekspozitsiyasini namoyish etadi. – Tadbir Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Joriy yilgi UzBuild 2024 ko‘rgazmasida 18 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etmoqda. Belarus Respublikasi, Germaniya, Xitoy, Turkiya milliy pavilonlari taqdim etilgan, Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlari jamoaviy tarzda ishtirok etmoqda. Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Xitoy, BAA nufuzli delegatsiyalarining tashrifi kutilmoqda. Ko‘rgazma o‘z ekspozitsiyasini «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar kompaniyasining barcha pavilonlarida va ochiq maydonida taqdim etadi.

Ko‘rgazmaning ixtisoslashtirilgan bo‘limi «Qurilish texnikasi va texnologiyalari – BuildTech» - qurilish texnikasi, yo‘l qurilishi uskunalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish va ko‘plab boshqa mahsulotlarning keng tanlovini namoyish etadi.

Ko‘rgazmada shuningdek, 5-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2024 bo‘lib o‘tadi. Anjumanda yetakchi kompaniyalar, moliya institutlari vakillari va yirik xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Tadbir nafaqat xorijiy tajriba bilan tanishish, balki qurilish sohasidagi mahalliy loyihalarni potensial investorlar va hamkorlar e’tiboriga yetkazish uchun samarali imkoniyatdir.

Xalqaro anjuman doirasida ko‘rgazma va uning faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlarni yetkazish maqsadida OAV vakillari uchun Press-lanch va press-turlar ham tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro qurilish ko‘ragazmasi UzBuild 2000 yilda tashkil etilgan. Ko‘rgazma boshidanoq asbob-uskunalar, texnologiyalar va qurilish materiallarning eng yangi namunalari bilan tanishish uchun noyob biznes maydon sifatida qurilish sanoatining yetakchi kompaniyalari e’tiborini tortdi. Qayd etish kerak, qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda qurilish sanoatining asosiy tadbiriga aylandi. Shu vaqt ichida ko‘rgazmada 45 mamlakatdan 3 503 ta kompaniya ishtirok etdi. UzBuild tufayli O‘zbekistonga qurilish sanoati bo‘yicha ko‘plab investitsiyalar va texnologiyalar jalb qilindi, mahalliy eksportchilar yangi bozorlar va xorijiy hamkorlarni topdilar. Tadbirning o‘z qamrovi bo‘yicha nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yagona sanaladi.

«Qurilish – UzBuild 2024» ko‘rgazmasi O‘zbekiston qurilish sanoatining yetakchi vakillarini jamlaydigan qurilish sohasidagi eng yirik ko‘rgazma tadbiridir.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech