Poytaxtimiz qurilish materiallari sanoatiga bag'ishlangan yana bir xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi

News image

Joriy yilning 16 mart kuni soat 10:30 da poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va “Ohangaronsement” AJ hamkorligida “Sement, beton ishtab chiqarish va qo‘llashdagi zamonaviy texnologiyalar" mavzusida ilk xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Anjumanda 50 dan ortiq qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar, yirik qurilish kompaniya vakillari, ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan xalqaro ekspertlar ishtirok etishadi. Dasturga ko‘ra tadbirda sement va beton ishlab chiqarishda jahon tajribasi, mamlakatimizdagi ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan sanoat korxonalar, yangi texnologiyalar, yangiliklar haqida ma’lumot beriladi.

O‘tkaziladigan sana: 16-mart
Vaqti: soat 10:30
Manzil: Hilton mehmonxonasi (mo‘ljal-Toshkent Siti)
Bog’lanish uchun tel: +99899-8638067


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech