Poytaxtimiz yana bir yirik xalqaro ko’rgazmaga mezbonlik qildi

News image

27-29-oktabr kunlari Anhor Lokomotiv bog`ida asosiy sanoat tarmoqlari bo`yicha ikkita ko'rgazma bo`lib o`tdi:

  • «UzEnergyExpo - Energetika. Energiyani tejash. Elektrotexnika. Yoritish texnologiyalari. Kabel» XV Xalqaro ko'rgazmasi.
  • «UzStroyExpo - Qurilish va ishlov berish materiallari. Qurilish texnikasi va uskunalari. Isitish, ventilyatsiya. Interyer» X Xalqaro ko'rgazmasi.

Ko'rgazmalar O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; «O'zbekgidroenergo» AJ; «O'zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi; «O'zeltexsanoat» uyushmasi; Toshkent savdo-sanoat palatasi mas’ulligida tashkil etildi.

Xalqaro tadbirda Belarus Respublikasi, Germaniya, Italiya, Qozog'iston, Koreya Respublikasi, Polsha, Rossiya, Turkiya, Ukraina va O'zbekistondan 60 ga yaqin kompaniyalar ishtirok etdi.

photo_2021-10-27_17-06-29.jpg

O'zbekistonning qurilish sanoati iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri bo'lib, hatto karantin cheklovlarini hisobga olinganda ham, har yili barqaror o'sish ko'rsatkichlarini namoyon etdi. Bugungi kunda Respublikaning deyarli har bir yirik shahrida yangi binolar, uy-joy kommunal komplekslari qurish, eski binolarni, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion materiallardan foydalangan holda, rekonstruksiya qilish ishlari faol ravishda olib borilmoqda.

Bu yilgi ko'rgazmada tijorat va turar-joy ko'chmas mulkni loyihalash, qurish, ta'mirlash va jihozlashga ixtisoslashgan kompaniyalar faol ishtirok etdi. Shuningdek, qurilish, ishlov berish, fasad, issiqlikdan izolyatsiya qiluvchi va ovoz o'tkazmaydigan materiallar va uskunalar hamda sanoatdagi ventilyatsiya tizimlari sohasida ishlaydigan kompaniyalar qatnashdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech