- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Poytaxtimizda keramik plitkalar narxi qanday?
27 Mar 2023
542
Kunlar isishi bilan qurilish ishlari ham jadal rivojlanadi. Ya’ni qurilish mavsumi boshlanadi. Xo‘sh, hozirda yangi mavsum oldi qurilish materiallari narxi qanday? Xususan, keramik plitka (kafel)lar narxi. Sizlarni shu kunlarda poytaxtdagi qurilish va internet bozorlaridagi (yuvinish xonasi uchun) keramik plitka (kafel) narxlari bilan tanishtirib o‘tamiz. Narxlar asosan internet savdo do‘konlaridan olingan. Mahalliy va qisman import mahsulotlari haqida ma’lumot beramiz. Mahalliy va xorijiy keramik plitkalar narxida katta tafovut bor albatta. Shuni alohida qayd etish kerakki, yurtimizda ishlab chiqarilgan keramik plitkalar sifat va dizayn jihatidan hech qaysi taniqli brend mahsulotlaridan qolishmaydi.

“ORIENT CERAMICS” keramik plitkalari
O‘lchami 60*30 sm.
Narxi (kv. metr) – 62 000 so‘m
“PENG SHENG” (Sirdaryo) keramik plitkalari
O‘lchami 30*45 sm
Narxi (kv.metr) – 50 000 so‘m
O‘lchami 45*30 sm
Narxi (kv.metr) – 58 000 so‘m
“National Ceramics” keramik plitkalari
O‘lchami 60*60 sm.
Narxi (kv. metr) – 85 000 so‘m
O‘lchami 60*120 sm.
Narxi (kv. metr) – 145 000 so‘m

“BAGNO” (Ispaniya) keramik plitkalari
O‘lchami 33,3*100 sm
Narxi (kv. metr) – 400 000 so‘m
"Decor1" (Turkiya) keramik plitkalari
O‘lchami 25*40 sm.
Narxi (kv. metr) – 64 000 so‘m
“DEMAR” (Hindiston) keramik plitkalari
O‘lchami 60*120 sm
Narxi (kv.metr) – 239 500 so‘m
“Marjon” (Eron) keramik plitkalari
O‘lchami 60*120 sm
Narxi (kv.metr) – 160 000 so‘m