Poytaxtimizda O‘zbekiston-Ozarbayjon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

News image

Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston va Ozarbayjon biznes vakillari ishtirokida biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikail Jabbarov ishtirok etdi.

Biznes-forumda jami 100 dan ortiq Ozarbayjon va O‘zbekistonning to‘qimachilik, oziq-ovqat, avtomobilsozlik sanoati, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa sohalariga dahldor yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

1 IMG_5068.jpg

Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov ochib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajada rivojlanayotganini hamda uni izchil mustahkamlashga ikki mamlakat hukumatlari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. COVID–19 pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan bir qator cheklovlarga qaramay, o‘tgan yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi sezilarli oshgani ma’lum qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning mavjud salohiyati ko‘p jihatdan ishga solinmagani va bu holat mazkur yo‘nalishdagi ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish uchun shart-sharoitlar yaratayotgani ta’kidlandi.

2 IMG_5163.jpg

O‘z navbatida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati tomonidan O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, shaffof ishbilarmonlik muhitini yaratish, korrupsiyaga qarshi kurashish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlatning iqtisodiyotdagi rolini bosqichma-bosqich kamaytirish borasida ko‘rilyotgan chora-tadbirlar qayd etildi.

Tadbir davomida erishilgan natijalar ham qayd etildi: hozirgi kunda O‘zbekiston va Ozarbayjon kompaniyalari qator qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Investitsiya hamkorligini yanada kengaytirish maqsadida qo‘shma investitsiya jamg‘armasini tashkil etishning shart-sharoitlari ko‘rib chiqildi. Uning maqsadi ustuvor investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi.

3 IMG_5111.jpg

4 IMG_5121.jpg

Anjuman davomida bir qator kelishuv va Memorandumlar imzolandi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Ozarbayjon qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi bilan ikki davlat o‘rtasida qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, hamkorlikda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech