Prezident Farmonining ijrosi amalda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyulda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustakamlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-117-son Farmoni tegishli topshiriqlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.

Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlarining ijrosi ustidan samarali nazorat mexanizmlarini joriy qilish, ijro natijasi bo‘yicha aniq hisobdorlikni ta’minlash, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar va xodimlarning ijro intizomiga qat’iy rioya etish bo‘yicha shaxsiy mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadida qabul qilingan mazkur Farmon ijro intizomini yanada mustahlamlashiga va shaffoflikni oshirishga xizmat qilishiga shubha yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayon topshiriqlari, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashriflari yakunlari bo‘yicha “Yo‘l xaritalari”da berilgan topshiriqlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va bayon topshiriqlari ijrosining bajarilishini ta’minlash yuzasidan Uyushmada kunlik monitoring olib borilmoqda.

Uyushma Boshqaruvining yig‘ilishlarida ijro intizomini mustahkamlash masalalari doimiy ravishda muhokama qilib borilmoqda.

Edo.ijro.uz tizimida 2025-yilda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi asosiy (teng kuchli) ijrochi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jami 69 ta, shu jumladan I chorakda 4 ta, II chorakda 11 ta, III chorakda 16 ta, IV chorakda 38 ta topshiriqlari mavjud. Shu jumladan, 2025-yil I chorakda 4 ta, II chorakda 11 ta topshiriqlarning ijrosi ta’minlandi.

2025-yil iyul oyida Uyushma asosiy (teng kuchli) ijrochi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 5 ta, Vazirlar Mahkamasining 6 ta topshiriqlari ijrosi o‘z muddatida ta’minlandi.

2025-yil avgust oyida bajarilishi belgilangan Uyushma asosiy (teng kuchli) ijrochi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 1 ta, Vazirlar Mahkamasining 2 ta topshiriqlari joriy yil 5 avgust holatiga bajarildi.

Shuningdek, Davlat Rahbarining 8 ta, Prezident Administratsiyasi rahbarining 6 ta, Vazirlar Mahkamasining 3 ta topshiriqlari bajarilishi joriy yil avgust oyida belgilangan muddatgacha ta’minlanadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech