Qirg‘izistonda qurilish materiallari “Savdo uyi” ochiladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan hukumat topshirig‘iga ko‘ra, qurilish materiallari eksportini yanada oshirish maqsadida bir qator davlatlarda savdo uylarini ochish ko‘zda tutilgan edi. 2023-yilda dastlabki “made in Uzbekistan” savdo uyi Ozarbayjon davlati poytaxti Boku shahrida ochildi. Joriy yilda esa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston davlatlarida ham ana shunday savdo maskanlarini barpo etish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan Qirg‘iziston Respublikasida ham qurilish materiallari “Savdo uyi” ni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

photo_2024-03-29_11-23-34.jpg

E’tiborlisi, joriy yilning 29-mart kuni O‘zbekiston va Qirg‘izistonda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish, shuningdek, hamkorlikda savdo uylarini tashkil etish bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Qirg‘izistonning “Profil Keydji” MCHJ korxonasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Qirg‘izistonda “Savdo uyi” ochishdan ko‘zlangan maqsad – eksportni oshirish, made in Uzbekistan yorlig‘i ostidagi qurilish materiallari Qirg‘izistondagi talabini qondirish, targ‘ibotni kuchaytirish, xorijiy hamkorlarni izlab topishga erishish, tijorat aloqalarini yanada rivojlanishiga erishishdir.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech