“Qoraqalpoqsement” MCHJ QK tomonidan shamol va quyosh elektr stansiyasi barpo etiladi

News image

2023-2026-yilarda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish yuzasidan bir qator loyihalar amalga oshiriladi.

Xususan, “Qoraqalpoqsement” MCHJ tomonidan “Qorao‘zak ekokompleksi” loyihasi barpo etiladi. Bu yerda “Yashil makon” milliy dasturi asosida 5 gektar maydonda dam olish maskani, mehmonxona, “yashil zona”, yoqilg‘i quyish shoxobchasi va quyosh elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Dam olish zonasini va Amudaryosuv kanalida o‘rnatilgan suv nasos stansiyasini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quvvati 50 MVt bo‘lgan Quyosh elektr stansiyasi qurilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga “Karakalpaksement” MCHJ tomonidan 20,0 mln dollar ajratiladi. Quyosh elektr stansiyasining yillik ishlab chiqarish quvvati 78 mln. kVt.s.

E’tiborlisi, stansiya ortiqcha ishlab chiqarilgan energiya miqdori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining cho‘l mintaqasida joylashgan mahalliy sanoat korxonalari va aholini qayta tiklanuvchi energiya bilan ta’minlaydi. Loyiha A-380 transkontinental avtomagistralida joylashadi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan shamol elektr stansiyasi qurilishi ham rejalashtirilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani Qoybaq QFY hududida 2092 ga yer maydonida, umumiy quvvati 100 MVt bo‘lgan “Shamol elektr stansiyasi” turbinalari o‘rnatiladi. Loyiha qiymati 110 mln. dollarni tashkil etadi.

Bunyodkorlik ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab, 31,5 MVt bo‘lgan 7 ta turbina o‘rnatiladi. Loyiha qiymati 38,0 million dollarni tashkil etadi. 2–bosqichda esa quvvati 68,5 MVt kuchlanishli 15 ta turbina o‘rnatiladi. Yiilik ishlab chiqarish quvvati 350 mln. kVt.s.

Ma’lumot uchun: Stansiyaning optimal ishlashi uchun mos keluvchi shamol tezligi 6 metr/sekunddan kam bo‘lmasligi talab etaladi.

100 MVt stansiyaning elektr energiya ishlab chiqarish quvvati: shamol tezligi 6 m/sekundda 40 MVt, 10 metr/sekud bo‘lganda 80 MVt ni tashkil etadi.

Shu munosabat bilan ushbu stansiya ishga tushgach hududning shamol potensialidan kelib chiqqan holda, 30 MVt/soat ishlab chiqarilgan elektr energiyasi korxonaning o‘z ehtiyoji uchun ishlatiladi, ortiqcha ishlab chiqarilgan elektr energiyasi “Milliy Elektr tarmoqlari” AJning yuqori kuchlanishli tarmoqlari orqali boshqa hududdagi iste’molchilarga o‘zatiladi.

Kutilayotgan natijalar: yiliga 98,0 mln m3 tabiiy gaz iqtisod qilinadi, 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi va atmosfera havosiga 153,0 ming tonna SO2 issiqxona gazi chiqishi kamayadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech