Qurilish materiallari eksport geografiyasi kengaymoqda

News image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2024-yilda soha korxonalariga 1,1 mlrd dollar miqdorda qurilish materiallari va xizmatlarini eksport qilish reja ko‘rsatkichlari belgilangan. Jumladan, yanvar-iyul oylari uchun 416,6 mln dollar miqdorida eksport qilish rejalashtirilgan edi.

2023-yilga nisbatan issiqliq saqlovchi materiallar 5,5 barobarga, tabiiy pardozbop toshlar 1,6 barobarga, metall buyumlar 1,5 barobarga, oyna mahsulotlari 1,2 barobarga ko‘p eksport qilindi.

Joriy yilning o‘tgan hisobot davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi an’anaviy hisoblangan bozorlar ya’ni Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan tashqari Kipr, Oman, Janubiy Afrika, Serbiya davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Qurilish materiallarining asosiy eksport bozorlari bu qo‘shni respublikalar hisoblanib, ushbu davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 54 foizni tashkil etmoqda. Xususan, davlatlar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Rossiyaga 119,3 mln dollarlik, Qozog‘istonga 105,7 mln dollarlik, Tojikistonga 58,2 mln dollarlik, Qirg‘izistonga 50,3 mln dollarlik, Belarusga 17,3 mln dollarlik, Turkmanistonga 10,9 mln dollarlik, Ozarbayjonga 9,2 mln dollarlik, Litvaga 6,7 mln dollarlik, Xitoyga 5,1 mln dollarlik, Latviyaga 4,2 mln dollarlik qurilish materiallari eksporti amalga oshirilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech