Qurilish materiallari eksporti bo‘yicha muzokara o‘tkazildi

News image

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida "O‘zsanoatqurilishbank" ATB boshqaruvi raisi S.Annaklichev hamda "O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari B.Boboqulov Tojikistonning "Oriyonbank" OAJ rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyonbank” o‘rtasida savdoni moliyalashtirish bo‘yicha imzolangan 10 million AQSH dollarlik shartnoma doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Hozirgi kunga qadar ushbu kredit liniyasi doirasida 6,4 mln. dollarlik bitimlar muvaffaqiyatli moliyalashtirilganini qayd etildi.

Shu bilan birga hamkorlik hajmini oshirishni davom ettirish va mavjud salohiyatni to‘laqonli ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi.

Jumladan, Tojikiston banki mijozlarining O‘zbekistondan Tojikistonga payvandlash elektrodlari, burama mixlar, lok-bo‘yoq mahsulotlari uchun suyultirgichlar va qora metallar kabi qurilish materiallarini eksport qilishni nazarda tutuvchi bir qator shartnomalarini moliyalashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech