- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Qurilish materiallari korxonalari tomonidan 51,2 ming dona manzarali, mevali, ko‘chat va butalar ekildi
Qurilish materiallari korxonalari tomonidan 51,2 ming dona manzarali, mevali, ko‘chat va butalar ekildi

6 Jun 2024
279
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 29-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 6-sonli bayoni xamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-martdagi 144-F/43-sonli farmoyishiga muvofiq Respublika hududlarida joriy yil bahor-kuz mavsumlarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etishga qaratilgan tadbirlar ijrosini ta’minlash doirasida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi:
Uyushma tomonidan “Qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan “Yashil belbog‘”larni tashkil qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra sohada faoliyat yuritayotgan atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning yuqori va o‘rta toifaga mansub ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 2024-yil bahor mavsumida jami 51,2 ming dona manzarali, mevali, ko‘chat va butalar ekilishi ta’minlandi. Jumladan, 30,0 mingta manzarali, 21,2 mingta mevali daraxtlar, ko‘chatlar ekilishiga erishildi.
Uyushma tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga murojaat qilinib “Yashil belbog‘”lar barpo etish uchun jami 92.4 gektar yer maydonlari ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi;
“Yashil belbog‘” dasturi doirasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlariga tutash hududlarda “Yashil belbog‘”lar barpo etishlarida loyihalash ishlari bo‘yicha “Yashil loyiha” instituti bilan shartnoma tuzishlarida, ko‘chat xarid qilish, yetkazib berish va parvarishlash bo‘yicha “Yashil hudud” DUK va uning hududiy filiallari, “O‘rmonqurilish” DUK hamda o‘rmon xo‘jaliklari bilan hamkorlikda faoliyat yo‘lga qo‘yildi.
Uyushma mutaxassislari tomonidan soha korxonalarida ko‘kalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta ko‘chatlarini ekish tadbirlarining amalga oshirilishi bo‘yicha doimiy monitoring olib borildi hamda ko‘chatlarni ekishning prognoz ko‘rsatkichlarini to‘liq ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan doimiy texnik va konsultativ maslahatlar berib kelinmoqda.