Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

News image

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-sonli qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qurilish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi qoshida tashkil etilgan Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari, olim va professorlar ishtirok etishdi. Yig‘ilishga Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov raislik qildi.

1.jpg

Kengashda ilm-fan yutuqlari va innovatsion jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda yangi turdagi energiya tejamkor va ekologik jihatdan xavfsiz qurilish materiallari amaliyotga joriy etilishi va qo‘llanilishini ta’minlash bo‘yicha fikrlar almashildi. Yig‘ilishning asosiy maqsadi ilmiy jamoatchilikka va salohiyatli investorlarga qurilish materiallari sohasidagi innovatsion yutuqlarini taqdim etish, shuningdek muammolarga oydinlik kiritish hamda zamonaviy tendensiyalar va ilm-fan, muhandislik va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlarida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan bo‘lishishdir. Shu bois yangi turdagi qurilish materiallari texnologiyalarini yaratishga qaratilgan dolzarb mavzularda innovatsion loyihalar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

3.jpg

Dastlab, “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy tadqiqot va injiniring markazi kichik ilmiy xodimi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Marat Asamatdinovning “Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi past navli gips xom ashyosi asosida yuqori mustaxkam quruq montaj shpaklyovkasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2.jpg

Shuningdek, “Azbozurit ichidan asbestni saralab olish texnologiyasi va uning iqtisodiy samaradorligi”, “Issiqlik elektrostansiyalarining texnogen chiqindilari (zoloshlak) dan foydalanib yangi innovatsion qurilish materiali - zolobeton bloklari ishlab chiqarish”, Klinkerni faol mineral va kimyoviy qo‘shimchalar bilan mexanik faollashtirish asosida yuqori mustaxkam portlendsementini ishlab chiqarish” , “Sement sanoati korxonalarida energiya resurslari sarfini kamaytirishning yangi usullarini ishlab chiqish” kabi bir qator ilmiy ahamiyatga ega loyihalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tijoratlashtirish xolati to‘g‘risida axborot berildi.

Yig‘ilish davomida Ilmiy-texnikaviy kengash faoliyatiga oid boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

4.jpg

5.jpg

6.jpg

7.jpg

8.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech