Qurilish materiallari sanoati rivojlantiriladi

News image

“Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–365-son, 01.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish doirasidagi asosiy vazifalar etib belgilandi, jumladan:

ishlab chiqarish hajmini 62 trln so‘mga yetkazish;

qurilish sanoati korxonalarining eksport salohiyatini oshirish va eksport hajmini 1,5 mlrd AQSH dollariga yetkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qurilishda ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.

Qarorga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining Afg‘oniston hududiga “Termiz” avtoyo‘l o‘tkazish punkti orqali

Davlat chegarasidan xavfsiz o‘tib qaytishlarini ta’minlaydi.

2026-yil 1-iyuldan shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda ularning qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurs tejamkor va energosamarador qurilish materiallari tashkil etishiga oid talabni tekshirish amaliyoti joriy qilinadi.

Manba: Axborot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech