Qurilish materiallari sohasida zamonaviy laboratoriya barpo etiladi

News image

Joriy yilning 2-9-mart kunlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O‘zsanoatqurilishbank hamda sohaga aloqador boshqa tashkilotlar vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari Janubiy Koreya davlatiga tashrif buyurdi.

Mamlakatimizda qurilish materiallari sohasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar, jumladan, ilg‘or laboratoriya majmualarini olib kelib, kaolin xom ashyosi hamda boshqa asosiy turdagi mahsulotlarni laboratoriya sinovlaridan o‘tkazish imkoniyatini yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

20240304_153208(0).jpg

Janubiy Koreyada bo‘lgan delegatsiya a’zolari Koreya muvofiqlangan laboratoriyalari (KCL) tashkilotida bo‘lib, qurilish materiallari sifati hamda sinov laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda KCL o‘rtasida sinov laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Zamonaviy laboratoriya barpo etilgach, 30 dan oshiq qurilish materiallarining 300 ga yaqin sifat ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarda sinovdan o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun. KCL Janubiy Koreyaning qurilish materiallari va boshqa sohalarda sinov va sertifikatlash xizmatlarini taklif etuvchi nufuzli tashkilot sanaladi.

Uning ushbu davlatda 20 ga yaqin sinov laboratoriyasi, dunyoning 6 ta davlatida vakolatxonasi, shuningdek, 30 mingga yaqin mijozlari va mingga yaqin yuqori malakali mutaxassislari mavjud.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech