“Rahbar kubogi” mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi

News image

Kuni kecha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan navbatdagi “Rahbar kubogi” mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 3 ta jamoa olimpiya tizimida baxs olib borishdi. Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining “Tashqi iqtisodiyot” va “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ jamoalari maydonga tushishdi. Tengsiz kurashlar ostida kechgan o‘yin durang bilan yakun topdi.

1-photo_2025-11-15_14-39-37.jpg

2-photo_2025-11-15_15-02-21.jpg

Shundan so‘ng  “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining “Bunyodkor” havaskor futbolchilari “Tog‘-geologiya jamlama ekspeditsiyasi” MCHJ jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda 4:3 hisobida “Bunyodkor” jamoasining qo‘li baland keldi.

Musobaqa davomida g‘oliblik uchun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining “Bunyodkor” va “Tashqi iqtisodiyot” jamoalari bahsida 3:2 hisobida “Bunyodkor” jamoasi g‘oliblikni egalladi.

3-photo_2025-11-15_15-02-25.jpg

4-photo_2025-11-15_14-37-47.jpg

Musobaqa yakunida “Bunyodkor” jamoasi 3 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. “Tashqi iqtisodiyot” jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Turnir so‘nggida g‘olib va sovrindorlar “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi v.v.b. I.Raximov tomonidan munosib taqdirlandi.


Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech