Rasmiy munosabat

News image

“KUN.UZ” saytida “O‘zbekistondagi uylar narxi nega keskin qimmatlashyapti?” sarlavhasi ostidagi maqolaga “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining rasmiy axboroti.

Yuqoridagi maqolada “So‘nggi 5 yil ichida O‘zbekistonda ko‘chmas mulk narxi keskin qimmatlashdi. Masalan, 2018 yilda davlat ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ko‘p kvartirali uy-joylarning 1 m kv narxi 3 mln 982 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu ko‘rsatkich 9 mln so‘mdan yuqori. Bunga bir qancha omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Birinchidan, asosiy qurilish materiallari narxining oshishi. Xususan, 2017 yilda sementning 1 tonnasi 135 ming so‘mni, 2018 yilda 305 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning 27 sentyabr holatiga birja savdolarida 1 tonna sement 602 ming so‘mdan sotilmoqda.” - deya xabar beriladi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda Respublika birja savdolarida bir tonna sementning o‘rtacha narxi 522 ming so‘mni tashkil etgan. Hozirgi kunda esa bir tonna sementning o‘rtacha narxi 602 ming so‘mdan sotilmoqda. 2017 yilga nisbatan olinganda sementning birjadagi o‘rtacha narxi 15 foizga oshgan. Vaholanki, ko‘p kvartirali uy-joylarning narxi esa qariyb 3 barobarga (300 foiz) ko‘tarilgan.

Yana bir ma’lumot, bugungi kunda ko‘p kvartirali uy-joylarning qurilish narxining 2-3 foizini sement mahsuloti tashkil etadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish materiallari narxining keskin ko‘tarilib ketish holatlari kuzatilmayapti.

Hurmatli OAV vakillari va blogerlar qurilish materiallari sohasiga oid o‘zlaringizni qiziqtirgan ma’lumotlarni “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Axborot xizmatidan olishingizni so‘raymiz.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech