“Ready 4 Trade Central Asia” o‘quv-trening tinglovchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi

News image

25-26-mart kunlari “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida «Uz Export» akademiyasi bilan  hamkorlikda “Ready 4 Trade Central Asia” o‘quv-trening bo‘lib o‘tdi. Bugun tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Raximov ishtirok etdi va barcha ishtirokchilarga kelgusi ishlarida omad tiladi.

IMG_0634.jpg

IMG_0636.jpg

Treningda tarmoq korxonalarining mas’ul xodimlari Yevropa bozorlariga chiqish talablari, transchegaraviy elektron tijoratning afzalliklari, tadbirkorlik subyektlarining savdo standartlariga rioya qilish qobiliyatini kuchaytirish va boshqa dolzarb mavzularda o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.

“Ready4Trade Central Asia” loyihasi Markaziy Osiyoning beshta davlatida xalqaro savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Bunga transchegaraviy talablarning shaffofligini oshirish, tartibga solish va protsessual to‘siqlarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlarining savdo standartlariga rioya qilish qobiliyatini kuchaytirish, transchegaraviy elektron tijoratni takomillashtirish orqali erishiladi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi.

IMG_0644.jpg

IMG_0654.jpg

Trening sessiyalarga bo‘lingan holda olib borildi. E’tiborlisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari, milliy VLS o‘quv platformasidan foydalangan holda taqdimotlar o‘tkazishdi.

Trening davomida tadbirkorlarga “Xalqaro savdo qoidalari”, “Yevropa Ittifoq bozori talablari”, “Eksport jarayoni”, “Sifat va muvofiqlik standartlari” mavzularida ma’lumotlar va mar’zular taqdim etildi.

IMG_0659.jpg

IMG_0660.jpg

Tadbir yakunida Tadbirkorlar uchun muhim treninglarni kelgusida barcha viloyatlarda ham o‘tkazishga kelishib olindi.


Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech