Respublikada 250 dan ortiq tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan boshqa qurilish materiallari qatori tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlashga alohida e’tibor qaratilgan. Buni raqamlar orqali ham bilish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika hududlarida 2021 yil 1 yanvar holatiga 121 ta tabiiy pardozbop tosh konlari mavjud bo‘lib, ularning zahirasi – 151,4 mln. metr kubni tashkil qiladi. 2021 yil 1 yanvar holatiga Davlat Geologiya qo‘mitasi tomonidan jami 227 ta, shundan qazib olish uchun – 124 ta, geologik jihatdan o‘rganish uchun – 103 ta litsenziyalar berilgan.

4.jpg

Hozirda mamlakatimizda tabiiy pardozbop toshlarni qazib olish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi 250 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, 2020 yilda 1,3 mln. dollarlik 6,4 ming tonna tabbiy va pardozbop toshlar eksport qilingan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 8,5 mln. dollarga yetkazildi.

2020-2026 yillarda respublikamiz hududlarida umumiy qiymati 21,4 mln.dollar bo‘lgan, yillik quvvati 80 ming kub metr marmar va granit toshlarini qazib olish hamda 540 ming.metr kvadrat plitalarni qayta ishlab chiqarish bo‘yicha 10 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

2020 yilda yangi loyihalarni ishga tushishi natijasida yangi konlarni o‘zlashtirish hisobiga qo‘shimcha 296,5 ming metr kub marmar, granit, gabbro va x.k lardan (blok) xarsanglarni qazib olish, 2,2 mln.metr kvadratdan ortiq xar xil turdagi plitalar va me’moriy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirildi. E’tiborlisi, buning natijasida 900 tadan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

5.jpg

Hususan Navoiy viloyati, G‘ozg‘on shahrida tabiiy pardozbop toshlarni qazish va qayta ishlash klasteri tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 52 mln. doll. bo‘lgan 14 ta yirik klaster loyihasi amalga oshirilishi natijasida yiliga 149 ming metr kub marmar, granit, gabbro va x.k lardan (blok) xarsanglarni qazib olish, 1,3 mln.metr kvadratdan ortiq xar xil turdagi plitalar va me’moriy mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga 630 nafar navoiylik yoshlar ish bilan ta’minlandi.

Jumladan "TRADE PRODUCTION INTERNATIONAL" MCHJ QK tomongidan umumiy qiymati 5,2 mln.dollarlik investitsiya loiyhasini amalga oshirish natijasida 50 ming kub metr marmar, granit toshlarni qazib olish hamda 250 ming.kv.m tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlash quvvati yaratildi.

Yangi quvvatlarni ishga tushirish natijasida eksportbop xarsanglar (blok) qazib olish va yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishiladi.

(xar xil turdagi plitalar (slyab, stol usti plitalari, zina plitalari, tokcha plitalari va x.k.), kotta xajmdagi plitalar (slyab), balyasina, perilla, bordyurlar (yo‘l va yo‘lak), bruschatkalar, qabr toshlari, arxitekturaviy mahsulotlar, xunarmandchilik mahsulotlari va boshqalar)

Shuningdek hosil bo‘lgan chiqindidan:

  • marmar tosh bo‘laklaridan kompozit koplama materiallar ishlab chiqarishni tashkil etiladi;
  • tabiiy toshlardan mayolika va mozaik plitkalar ishlab chiqarishni tashkil etiladi;
  • granit konlarda va ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilardan brekcha, sheben ishlab chiqariladi;
  • marmar konlarda va ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilardan brekcha, mel, quruq qorishmalar, kroshka, mikrokalsit.
Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech