“Rigaku Corporation” kompaniyasi vakillari uyushmada

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida 25-xalqaro qurilish “UzBuild-2024” ko‘rgazmasi doirasida tadbirkorlar uchun “Sement ishlab chiqarishda spektral va difraksion usulida tahlil” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiyaning “Rigaku Corporation” kompaniyasi mutaxassisi Karmen Kayzer Bryugmann, uyushma mas’ullari, Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar va sement ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishdi.

IMG_0410.jpg

Dastlab, uyushma boshqaruv raisi maslahatchisi Baxodir Ismailov so‘zga chiqib, sohada ilm-fan integratsiyasi, ishlab chiqarishda yangi usullaridan foydalanish, hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Toshkent arxitektura va qurilish Universiteti va E-Globaledge korporatsiyasi taqdimotlari o‘tkazildi.

IMG_0416.jpg

IMG_0418.jpg

Karmen Kayzer Bryugmann RESE amaliy laboratoriyasi, sement ishlab chiqarishda namuna olish va tahlil, sifat bo‘yicha ma’ruza qildi. Shu bilan birga sement sifatini oshirish va kimyoviy yangi metodlar haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

Tadbir davomida sement ishlab chiqarishda Rentgenofaza materil tahlili mavzusidagi taqdimot ham barchada katta taassurot qoldirdi.

IMG_0422.jpg

Shu kuni tadbirkorlar sifat va laboratoriya tahlillari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarini xalqaro mutaxassislardan javob olishdi.

IMG_0424.jpg

IMG_0426.jpg

IMG_0428.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech