Samarqand viloyatida umumiy qiymati 1,2 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshirildi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida 2022 yilda umumiy qiymati 1,2 trln so‘m bo‘lgan 73 ta loyiha ishga tushirildi. E’tiborlisi, yangi korxonalarning faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida 2 011 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yana bir e’tiborga molik jihat, loyihalarni amalga oshirish uchun 6,5 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi.

IMG_2553.jpg

Xususan, Pastdarg‘om tumanida “Samarkand Afrosiyob sement” MCHJ tomonidan 230,0 mlrd so‘mga sement ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirildi.

Narpay tumanida esa “NBA Alyans” MCHJ tomonidan 66,2 mldr so‘mga gipsokarton ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilib, 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

IMG_2586.jpg

Yana bir ma’lumot, Samarqand viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvga ixtisoslashgan jami sanoat korxonalar soni 1091 tani tashkil etadi. E’tiborlisi, 2022 yilda hududda 2,9 trln so‘mlik qurilish materiallari ishlab chiqarildi va o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 111,4 foizni tashkil etdi. 2023 yilda ushbu ko‘rsatkichni 4,1 trln so‘mga va o‘sish suratini esa 112,1 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi 69 ta ekportchi korxona tomonidan 2022 yil davomida 93,4 mln dollar qiymatida qurilish mahsulotlari eksport qilingan.

IMG_20191201_174214.jpg

Xususan, Samarqand shahridagi "AZIA METALL PROF" MCHJ QK tomonidan 65,7 mln dollarlik (109%), "PRIME CERAMICS" MCHJ QK tomonidan 9,2 mln dollarlik (102%) mahsulot xorij bozorlariga yetkazilgan.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech