Samarqand viloyatida umumiy qiymati 450,3 mln dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyat hokimligi hamkorligida hududda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish maqsadida 2020 yilda qiymati 1000,4 mlrd so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi hamda 126 ta loyiha ishga tushirildi. E’tiborlisi, yangi korxonalarning faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi natijasida 1434 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yana bir e’tiborga molik jihat, loyihalarni amalga oshirish uchun 50,1 mln dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar yo‘naltirildi.

Eng yirik investitsiya loyihalaridan biri Nurobod tumanida ishga tushirildi. “Gamma Window System” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan yiliga 1800 tonna PVX profillari ishlab chikarish quvvatlari barpo etildi hamda 57 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

2. qurilish materiallari

Tumanda shuningdek, “Sogda Granit Stones” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 14,8 mlrd so‘mlik investitsiya hisobiga yiliga 200 ming kub metr tog‘ toshini maydalash va inert materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etildi.

2021-2022 yillarda umumiy qiymati 450,3 mln dollarga teng bo‘lgan 134 ta loyiha amalga oshiriladi va 2 680 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.

Xususan, 2021 yil yakuni bilan umumiy qiymati 97,7 mln dollar bo‘lgan 119 ta qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi loyihalar foydalanishga topshiriladi hamda 1 464 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Xususan, Nurobod tumanida “MDF ECO” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 65,5 mlrd so‘m investitsiya hisobiga yiliga 70 ming kub metr laminant va MDF mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Shuningdek, Narpay tumanida yiliga 6 mln kv metr gipsokarton listlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega “NBA ALLIANZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi va 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

3. qurilish materiallari

Joriy yilda hududda sement ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, Pastdarg‘om tumanida yiliga 560 ming tonna portlandsement ishlab chiqarish imkoniyatiga ega “SAMARQAND AFROSIAB CEMENT” mas’uliyati cheklangan jamiyati ishga tushiriladi.

2021-2022 yillarda ishga tushiriladigan 134 ta loyihani amalga oshirish hisobiga 4 139 mlrd so‘mlik qurilish materiallari, (1,6 mln tonna sement, 60 ming tonna yupqa metal tunukalar, 45 ming kub metr tabiiy pardozbop toshlar va 155 ming kub metr gazobeton bloklari), jumladan 121,2 mln dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi va 44,6 mln dollarlik mahsulot eksport qilish imkoniyati yaratiladi hamda 372,5 mlrd so‘mlik davlat budjetiga qo‘shimcha tushum manbalari shakllantiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech