Sanitar texnik buyumlar ishlab chiqarish hajmi oshmoqda

News image

Mamlakatimzida sanitar texnik buyumlar ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bormoqda. Mahalliy mahsulotlarga nafaqat ichki balki tashqi bozorda ham talab yuqori. Hozirda Respublikada ushbu yo‘nalishda yillik quvvati 2,4 mln. dona bo‘lgan 32 ta korxona faoliyat yuritmoqda. “Eko kerama” MCHJ, "Grand Art Ceramics" MCHJ; "Ceramics Plus" MCHJ, “LAZIZ”MCHJ, “VITA CERAMICS” MCHJ, “WHITE KERAMIKA” va “Great Wall Ceramic Industries” MCHJ QK eng yirik ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi.

IMG_3206.jpg

Tahlillarga ko‘ra, mamlakatimizda 2016 yilda 125,8 ming dona sanitar texnik buyumlar ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda ushbu ko‘rsatkich 645 ming donaga yetkazilgan. Shuningdek, sanitar texnik buyumlar eksportida ham o‘sish kuzatilmoqda. Jumladan, 2016 yilda 4,7 ming dona mahsulot jahon bozoriga yetkazilgan bo‘lsa, 2020 yilda 39,9 ming dona eksport qilingan. Ushbu turdagi mahsulotlar asosan Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlariga yetkazilgan.

IMG_3178.jpg

IMG_3202.jpg

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech