Sanoat korxonalarining ekologiyaga ta’siri kamaytiriladi

News image

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyovning 2022 yil 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar (43-son 19.05.2022 yil 02-RA 1-7720) ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mutasaddilari, viloyat hoqimligi vakillari, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish boshqarmasi xodimlari va tadbirkorlar ishtirok etishdi.

photo_2022-06-17_11-27-56.jpg

Tadbirda joriy yil 1 sentabrga qadar Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanining Sho‘rsuv shaharchasi hududida faoliyat yuritayotgan sement, gips, g‘isht va shifer ishlab chiqarish korxonalarining texnologik jarayonlarini ekologik talablarga moslashtirish, zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari va avtomatik nazorat stansiyalari o‘rnatish yuzasidan masalalari muhakama qilindi. Seminarda tadbirkorlarga ekologiya ta’siri kam bo‘lgan texnologiyalar va standartlar haqida ham ma’lumotlar berildi. Shu kuni ishbilarmon doira vakillari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan to‘liq javob olishdi va hamkorlikda faoliyat olib borish bo‘yicha kelishib olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech