Sement ishlab chiqarishda Germaniya tajribasi qo‘llanadi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Germaniyaning “ZAB Zementanlagenbau GMBH Dessau” kompaniyasi bosh direktori Volfgang Payonke boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sement ishlab chiqarish, uning texnik va texnologik jihatlari haqida so‘z bordi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisining o‘rinbosari Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, investitsion muhit, eksport ko‘lami, sement ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari va uyushma faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_0453.jpg

IMG_0456.jpg

Uchrashuvda tomonlar klinker ishlab chiqarish uchun muqobil yoqilg‘i turlarini joriy etish va ulardan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga ekologik talablar va ushbu muammoning dolzarbligi hamda O‘zbekistondagi sement zavodlari uchun yashil va tejamkor yechimlar bo‘yicha ham muzokara o‘tkazildi.

Issiqlik va energiya sarfini kamaytirish maqsadida mavjud sement zavodlarini modernizatsiya qilish, kichik pech liniyalarini ohak ishlab chiqarishga o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi. Kalsinlangan loydan sementni maydalashda qo‘shimcha sifatida foydalanish, uni sinovdan o‘tkazish va o‘rganish kerakligi haqida ham fikr bildirildi.

IMG_0460.jpg

IMG_0461.jpg

Tadbir davomida “KHD Humboldt Wedag” kompaniyasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Kompaniyaning texnik xususiyatlari va talablariga muvofiq hamda xorijiy mutaxassislar nazorati ostida asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar berildi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tajriba-bilim almashishga tayyor ekanligi ta’kidlandi. Hozirda kompaniya tomonidan Rossiya zavodlarida 40 ming tonnaga yaqin uskunalar ishlab chiqarilgan.

Tomonlar 2024-yil aprel oyi boshida O‘zbekistonning butun sement sanoati uchun texnik seminar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech