Sement ishlab chiqaruvchilarning ekologiyaga ta’siri kamaytirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari tahlil qilindi

News image

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlari ijrosi, Davlat rahbari raisligida kengaytirilgan tartibdagi videoselektorlarda berilgan topshiriqlar yuzasidan yirik sement ishlab chiqaruvchilar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-mayda qabul qilingan PF-81-sonli “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni va 2023-yilning 16 fevraldagi PQ-57-sonli qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili qilindi. Sanoat korxonalarining atrof-muhitga tashlamalarini kamaytirish bo‘yicha olib borayotgan hisobotlari tinglandi. Shu bilan birga Joriy yildagi rejalar belgilab olindi.

02_DSC2087.jpg

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida joriy yilning 29-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektorda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Sement ishlab chiqaruvchilarda zamonaviy chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatish va eskilarini almashtirish, havoga chang tashlash darajasi yuqori bo‘lgan korxonalarda filtrlarni yangilash eng ustuvor masala ekanligi ta’kidlandi.

03_DSC2073.jpg

Shuningdek, har bitta yirik korxona 5 gektardan “yashil belbog‘” yaratib, mevali va manzarali daraxtlar ekishni tashkil etishi belgilandi. Ushbu vazifa bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va kelgusidagi vazifalar belgilandi.

Shu kuni 2024-yilda ishlab chiqarish rejalari va boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

04_DSC2066.jpg

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikamizda yiliga 32,8 mln tonnasement ishlab chiqarish quvvatiga ega 37 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilda sement ishlab chiqarish hajmi 15,5 mln tonnani tashkil etdi. Respublikadagi mavjud sement zavodlarining 13 tasi korxona gaz yoqilg‘isida, 5 tasi gaz va ko‘mir yoqilg‘isida va 19 tasi esa ko‘mir yoqilg‘isida faoliyat yuritmoqda.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech