Sement narxi pasayishda davom etmoqda

News image

12 – 18 avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 394,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 9,6% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 65,1% birja savdolariga, qolgan 34,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 537,9 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 164,2 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Hisobot davrida birja savdolari orqali 105 895,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 21,2 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 599,2 ming so‘mdan  583,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 77 ta xaridor ishtirok etdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech