Sohada ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyalashuvi rivojlanmoqda

News image

Kuni kecha “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Toshkent arxitektura-qurilish instituti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz tomomnidan qabul qilingan qarorlar ijrosi, belgilangan vazifalar, ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash bo‘yicha so‘z yuritildi.

Shuningdek, qurilish sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha ustivor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi topshiriqlarining ijrosini ta’minlashda Toshkent arxitektura-qurilish instituti, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “O‘zqurilishmateriallariLITI” MCHJ ilmiy tadqiqot va injiniring markazi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

1.jpg

Ma’lumki, oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash sifatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani ta’minlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlar va tajriba-sinovlar o‘tkazish, innovatsion va ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni yaratish hisoblanadi. O‘zaro hamkorlikning maqsadi – iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib yangidan ishlab chiqish va tasdiqlash, bakalavriat va magistratura talabalarining malakaviy amaliyotlarini korxona(tashkilot)larda o‘tkazishda shart-sharoit yaratish, eng ilg‘or xorij tajribasiga tayangan holda o‘quv adabiyotlari, o‘quv-metodik komplekslarini ishlab chiqish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish hamda ularni yetakchi xorijiy ishlab chiqarish korxonalariga stajirovkaga yuborish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish va ular uchun maxsus stipendiyalar ajratish, ilmiy-tadqiqot izlanishlar hamda tajriba-sinovlar o‘tkazish, bakalavriat va magistratura bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlashdan iborat.

2.jpg

Uchrashuv davomida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, oliy ta’lim mazmunini korxonalarning ishlab chiqarish munosabatlariga muvofiq shakllantirish, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi oliy ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) malakaviy talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini soha ehtiyoji asosida ishlab chiqish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech