Surxondaryo viloyatida qurilish materialarini ishlab chiqararuvchi korxonalar soni ortadi

News image

Mamlakatimiz janubiy hududida joylashgan Surxondaryo viloyatida ham qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. Tahlillarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, viloyatda 2020 yilda umumiy qiymati 336,4 mlrd so‘mlik 88 ta loyiha ishga tushirilib, 984 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Loyihalarni moliyalashtirishga 134,1 mlrd so‘m tashabbuskorlar mablag‘lari, 78,2 mlrd so‘m bank kreditlari va 12,8 mln dollar xorijiy investitsiya va kreditlar yo‘naltirilgan.

2021-2022 yillarda esa umumiy qiymati 4 trln 695 mlrd so‘mlik 171 ta loyiha amalga oshiriladi. E’tiborlisi, loyihalarni moliyalashtirishga 314,8 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar yo‘naltiriladi.

2.jpg

Jumladan, "NCG Engineering Co LTD" Company korxonasi tomonidan Sherabod tumanida 100 mln dollar investitsiya hisobiga 750 ming tonna sement ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi. Shuningdek, "Surxonsementinvest" qo‘shma korxonasi tomonidan umumiy qiymati 55 mlrd so‘m bo‘lgan, yiliga 100 ming tonna quruq qurilish materiallari ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.

Boysun tumanida esa "Home Master" MCHJ tomonidan umumiy 25 mlrd so‘m investitsiya hisobiga yiliga 15 mln kv metr gipsokarton ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi hamda 100 ta ish o‘rni yaratiladi.

Muzrabot tumanida eng yirik loyihalardan biri ishga tushiriladi. "Surxon KSP Grand" MCHJ tomonidan yillik quvvati 150 ming kub metr qamishdan yog‘och qipig‘li plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 300 ta ish o‘rni yaratiladi.

3.jpg

E’tiborlisi, 2021-2022 yillarda ishga tushiriladigan 171 ta loyiha hisobiga 3645 ta yangi ish o‘rni tashkil etiladi. Shuningdek, 3 trln 369 mlrd so‘mlik qurilish materiallari, jumladan 145,2 mln dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, 135 mln dollarlik mahsulotni eksport qilish imkoniyati va 415,8 mlrd so‘mlik budjetga tushum manbalari yaratiladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech