- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tabiiy pardozbop toshlar ishlab chiqarishda Xitoy tajribasi o‘rganiladi
22 Nov 2024
173
Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Xitoyning “Tog‘ sanoatini barqaror rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi” instituti direktori Szyunchen Li bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma boshqaruv raisi v.v.b. Baxtiyor Bobokulov va soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Dastlab, uyushma boshqaruv raisi v.v Baxtiyor Bobokulov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari, tabiiy pardozbop toshlar qazib olish va ishlab chiqarish, xalqaro aloqalar sohadagi tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, sohada tabiiy pardozbop toshlarni jahon andozalari darajasida ishlab chiqarish, mavjud konlarni o‘zlashtirish, ushbu yo‘nalishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, marmar va granit toshlarini eksport qilish, ikki davlatdagi tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shu kuni har ikki tomon vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga uyushma bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.
Tadbir so‘nggida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va “Tog‘ sanoatini barqaror rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi” instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.