Tadbirkorlar diqqatida!!!

News image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-martdagi 134/12-sonli qarorida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Infrotuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” davlat muassasini tashkil etish, ushbu Kompaniyaga o‘z faoliyatida 2024-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infrotuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi yuklanganligi, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ob’yektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital  ta’mirlash uchun asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni markazlashgan holda, shu jumladan, ishlab chiqaruvchilar takliflari o‘rtacha birja narxlaridan 20 foiz arzon bo‘lgan taqdirda, istisno tariqasida, tender savdolarini o‘tkazmasdan eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish orqali tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish huquqi berilgan.

Shuningdek, ushbu qarorning 4-bandida “O‘zbekiston respublika tovar-xom-ashyo birjasi” AJ qurilish materiallarining birja savdolarida shakllangan o‘rtacha hisoblangan birja narxlari, shu jumladan, ularning kunlik o‘rtacha narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kompaniyaga taqdim etib borsin deb belgilangan.

Shu munosabat korxonangizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kompaniyaga taqdim etib borilishi uchun o‘z mahsulotingizni birja savdolariga qo‘yilishi so’raladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech