Tadbirkorlar maktabi haqida ma’lumot berildi

News image

Bugun AOKAda "O‘zqurilishmaterialLITI" MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi direktori o‘rinbosari - Adham Quvondiqov qurilish materiallari yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan “Tadbirkorlar maktabi” haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6244-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi hamda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va manfaatdor aholi vakillarini qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida biznesni zamonaviy asosda tashkil qilishga o‘qitish, ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “O‘zqurilishmaterialLITI” MCHJ ilmiy-tadqiqot va injiniring markazi huzurida “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘quv markaz bir vaqtning o‘zida 40 nafar tinglovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilar uchun barcha zaruriy ta’lim vositalari, o‘quv qurollari, adabiyotlar bilan ta’minlangan. Mashg‘ulotlar zamonaviy o‘quv dasturlari va yangi ta’lim metodlari asosida amalga oshiriladi.

Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidati tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar hodimlari “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida o‘z malakalari va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, jami 72 soatga mo‘ljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va ko‘nikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi.

O‘quv markaz qurilish materiallari ishlab chiqarish tarmog‘i uchun yangi texnologiyalar, innovatsiyalar va inson omili markaziga aylanadi.

Mutlaqo yangicha tizim asosida tashkil etilgan o‘quv markaz faoliyati natijasida:

qurilish materiallari ishlab chiqarish niyatidagi tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar hodimlari sohadagi malaka darajasi muntazam oshiriladi;

ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasi kengaytirilib, xalqaro standartlar qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayoniga keng joriy etiladi;

bo‘lajak tadbirkorlarni moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligi oshirib boriladi;

ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlar kashf etiladi;

qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarida yashil iqtisodiyotni joriy etishga ko‘maklashiladi;

Turkiya (Maltepe university), Germaniya (Passive House Institute) kabi davlatlarda yaratilgan innovatsion texnologiyalarning O‘zbekistonga transferini doimiy ravishda tashkil etish orqali tinglovchilar bilim, ko‘nikma va malakasi oshiriladi, yangi texnologiyalar o‘zlashtiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarini, manfaatdor aholi vakillarini ta’lim maskanida o‘z ko‘nikmalari, bilimlari va malakalarini oshirishga taklif etadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech