“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida malaka oshirish kurslari boshlanmoqda

News image

2022 yil 17 yanvar sanasidan boshlab qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida o‘z biznesini boshlash niyatidati tadbirkorlar, keng jamoatchilik vakillari, shuningdek qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar hodimlari “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida o‘z malakalari va ko‘nikmalarini oshirishlari mumkin.

10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lib, jami 72 soatga mo‘ljallangan kurslar, modullarga ajratilgan holda chuqur malaka va ko‘nikmaga ega, fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan olib boriladi.

O‘quv kurslari “Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi auditoriyalarida yoki bevosita sizning tashkilotingiz bazasida o‘tkazilishi mumkin.

O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda sertifikat beriladi.

Shartnoma tuzish va qo‘shimcha ma’lmotlarni olish uchun +99894 5766900, +99833 5769595, +99897 7278784 telefon raqamlari va info@uzqmliti.uz, q.m.liti2017@mail.ru elektron pochta orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Shoshiling! Qabul muddati tugashiga oz fursat qoldi. Mashg‘ulotlar 17 yanvardan boshalanadi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech