“Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazida o‘quv kurslari davom etmoqda

News image

Ortda qolgan mavsumlarda jami 100 nafarga yaqin tinglovchilar 72 soatga mo‘ljallangan o‘quv rejalar asosida respublikadagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan qisqa muddatli kurslarda o‘z bilim, malaka va ko‘nikmalarini oshirishdilar.

O‘quv markazi tinglovchilari zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirilib, akkreditlangan laboratoriyalarda qurilish materiallarini sifat ko‘rsatkichlariga sinab ko‘rish ishlarida qatnashishmoqda.

IMG_4591.jpg

Ushbu jarayonda “Oxangaronsement” AJ, “Farg`ona yasin qurilish mollari” MCHJ, “Namangansement” MCHJ, “Texnopark” MCHJ, “Sanfa products” MCHJ, “Orient-ceramic” MCHJ va boshqa bir qator qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutining “STROM” hamda “UTEST FACTORY” MCHJ larning akkreditlangan laboratoriyalari bilan hamkorlik o‘rnatildi.

O‘quv kurs tinglovchilari orasidan talk xom ashyosini qayta ishlash, granit va marmarga ishlov berish, quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish, yengil betonlar olish (gazoblok, penobeton, zoloblok), mix, shrup va samorez ishlab chiqarish, shuningdek pavlovniya plantatsiyasini yaratishga qiziqish uyg‘ondi.

O‘quv kurslari mutlaqo bepul tarzda amalga oshirilmoqda.

Endi viloyatlardagi xoxlovchilar o‘quv markazimizda online tarzda bilim olishlari mumkin.

Keyingi mavsumlar uchun talabgor tinglovchilar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur 68-a. “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi binosi.

Batafsil ma’lumotlar olish uchun +998 94 576 69 00, +998 33 576 95 95, +998 71 254 92 01 telefon raqamlari, q.m.liti2017@mail.ru elektron pochtaci va tadbirkormaktab.uz sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.


Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech