Tadbirkorlar maktabining hududiy filiallarida oʼquv mashgʼulotlari qizgʼin davom etmoqda

News image

“Tadbirkorlar maktabi” oʼquv markazining hududiy filiallarida ayni paytda 120dan ortiq tinglovchilar tahsil olmoqda.

Bugungi kunda Markazning Jizzax, Nukus, Urganch, Samarqand, Fargʼona filiallarida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy professor-oʼqituvchilar jalb qilingan. Mashgʼulotlar Germaniya, Turkiya, Vengriya va Ispaniya taʼlim dasturlari asosida olib borilmoqda.

photo_2024-03-29_14-51-24.jpg

Joriy mavsum tinglovchilari uchun oʼz hududlaridagi “Bazalt” klasteri, “Vero group”, “Nukus polimer”, “Ekokerama” kabi ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashgʼulotlar oʼtkazish belgilangan.

photo_2024-03-29_14-51-11.jpg

Eslatib oʼtamiz, hozirgi kunda “Tadbirkorlar maktabi”ga qabul davom etmoqda.

Ularda taʼlim olish va loyihalarni qoʼllab-quvvatlash – mutlaqo BEPUL.

Oʼquv markazi rasmiy sayti: tadbirkormaktab.uz
Аloqa markazi: +998 71 254 92 01

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech