Tadbirkorlar muammolari o‘rganilmoqda

News image

Qurilish materiallari sohasida ishlab chiqarish hajmini oshirish, eksport ko‘lamini kengaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va mahalliy davlat hokimiyat organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan “Davra suhbati” tashkil etildi.

Unda Davlatimiz rahbari va hukumat tomonidan 2024-yilda belgilab berilgan vazifalar, qurilish materiallari sohasida Respublikada amalga oshirilayotgan ishlar, hududlarda sanoat korxonalar faoliyati va investitsiya loyihalari haqida taqdimotlar o‘tkazildi. Shu bilan birga tadbirkorlarning taklif va muammolari o‘rganildi.

01_IMG_0303.jpg

03_IMG_0317.jpg

Uchrashuvda hozirgi kunda tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida ham to‘liq ma’lumot berildi. Mahalliy hokimiyat mutasaddilari 2024-yilda hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, ishlab chiqarish hajmi va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida barchaga ma’lumot berishdi.

04_IMG_0320.jpg

04_IMG_1723.jpg

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlarning eksport xarajatlarining 50 foizgacha davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgust kuni qabul qilingan PQ-139-sonli “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra hududda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar taqdim etilgan.

Samimiy va ochiq tarzda o‘tkazilgan davra suhbatida har bitta tadbirkorning muammolari qayd etildi va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.

05_IMG_1725.jpg

06_IMG_1728.jpg

Shu kuni ishbilarmonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutasaddilardan to‘liq javob olishdi.

Ma’lumot uchun, 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 trln 373,7 mlrd.so‘mlik (2023-yilga nisbatan o‘sish 110 foiz, 124,9 mlrd. so‘m) qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Hududda investitsiya dasturi doirasida 40,0 mln. dollar (2023-yilga nisbatan o‘sish 133 foiz, 2,5 mln. doll), shundan 10 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech