Tadbirkorlar va olimlar o‘rtasida hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda

News image

2024-yil 24-fevral kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan sohani ilm-fan va tadqiqotlar asosida yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamda tadqiqotchi yetuk olimlar o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni oshirish maqsadida olimlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Do‘stona ruhda o‘tkazilgan tadbir davomida qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarning soha korxonalari ehtiyoji, ularda kuzatilayotgan muammolarga yechim sifatida baholanishiga alohida e’tibor qaratildi.

02_photo_2024-02-24_22-05-56.jpg

Soha olimlari tomonidan ishlab chiqarish korxonalarining energiya iste’molini tejash, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan ikkilamchi xomashyolardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishda keng foydalanish, vodorod yoqilg‘isini ishlab chiqarishda qo‘llash, mahsulotlarning standartlarini takomillashtirish, tadbirkorlarni tadqiqotlarga sarmoya kiritishga qiziqtirish bo‘yicha asosli takliflar taqdim etildi.

Uchrashuv davomida "Tadqiqot-fan-ishlab chiqarish" tizimini yangi bosqichga olib chiqish, soha korxonalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ilmiy izlanishlarni olib borishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbirkorlar maktabi” o‘quv markazi hamda kaolin yo‘nalishidagi “Loyiha ofisi”ning faoliyati, shuningdek, tadbirkorlarni ilm-fan sohasidagi yutuqlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil qilingan elektron kutubxona fondini kengaytirish, xorijiy brendlarni jalb qilish yuzasidan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

03_photo_2024-02-24_22-05-57.jpg

Uchrashuv yakunida qurilish materiallari sanoatiga ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish asosida mahsulot turlarini, sifatini, hajmini oshirish bo‘yicha oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish yuzasidan aniq choralar belgilandi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech