- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmonlari o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

8 Apr 2025
225
Joriy yil 8-aprel kuni Termiz shahrida o‘tkazilayotgan “Made in Uzbekistan” milliy ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Amirligining Balx viloyati ishbilarmon doiralari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir Surxondaryo viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari D.Rasulov va Balx viloyati hokimi o‘rinbosari boshchiligida o‘tdi. Muloqotda ikki davlat tadbirkorlari, sohaviy birlashmalar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari faol ishtirok etdi.
Tomonlar farmatsevtika, qurilish materiallari, elektrotexnika va boshqa ustuvor sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalari, investitsiyaviy loyihalar va hududlararo savdoni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo hududiy boshqarmasi va Balx viloyati Savdo-sanoat palatasi (BCCI) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat ikki tomonlama munosabatlarni institutsional darajada mustahkamlash va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirishga qaratilgan.