- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Tilga e'tibor - elga e'tibor
21 Oct 2024
379
Assalomu alaykum, hurmatli Vatandoshlar hamda qurilish materiallari sanoati sohasi xodimlari!
O‘zbek tili bayram tadbirlari butun xalqimiz hamda boshqa sohalar qatori qurilish materiallari sanoati tarmog‘i xodimlari tomonidan ham katta quvonch va g‘urur bilan keng nishonlanmoqda.
Davlatimiz Rahbari ta’kidlaganlaridek, ulug‘ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomizning: “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, degan dono o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan tub islohotlarimizga har tomonlama uyg‘un va hamohangdir.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilini rivojlantirish, uning hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini oshirish borasida yangi bosqich boshlanganligiga har birimiz guvohmiz.
Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda bu go‘zal va jozibali til katta ishtiyoq bilan o‘rganilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktabrdagi PF–5850-son Farmoni hamda boshqa qator Farmon va qarorlarida hamda Hukumatimizning tegishli qarorlari va boshqa hujjatlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish choralari belgilanib ijrosi doimiy nazoratga olingan. Uyushma tizimida ish yuritish hamda barcha hujjatlar aylanishi o‘zbek tilida to‘liq lotin yozuvida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda o‘zbek tilini dunyo xalqlari sevib o‘rganmoqda hamda Ona tilimizda so‘zlashmoqdalar.
Aziz yurtdoshlar, qurilish materiallari sanoati sohasi xodimlari!
Sizlarni O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligi hamda O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Barchangizga sog‘liq-salomatlik, Jannatmakon Vatanimizga tinchlik-xotirjamlik, oilangizga fayzu-baraka va totuvlik tilayman.
Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Baxtiyor Bobokulov,
“O‘zsanoatquirilishmateriallari” uyushmasi
Boshqaruvi raisi v.v.b.