Tojikiston davlatiga qurilish materiallari eksporti oshmoqda

News image

Ma’lumki, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining asosiy xaridori bu qo‘shni davlatlar sanaladi. Jumladan, mamlakatimizning janubiy-sharqiy qismida joylashgan Tojikiston davlati eng ishonchli hamkorlardan biri. Bu yerda made in Uzbekistan yorlig‘i ostidagi qurilish mahsulotlariga yildan-yilga talab oshib bormoqda.

Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, qo‘shni davlatlar orasida Qozog‘iston (yanvar-iyul oylarida 113,9 mln dollar), Qirg‘iziston (yanvar-iyul oylarida 47 mln dollar) dan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. Yanvar-iyul oylarida Tojikistonga 43,3 mln dollarlik qurilish materiallari sotilgan.

Xususan, o‘tgan 6 oyda 11,2 mln dollar metall buyumlar yetkazib berilgan. Shuningdek, 7 mln dollar-quruq qurilish qorishmalari va sement mahsulotlari, 4,2 mln dollar - keramika mahsulotlari, 3,4 mln dollar - PVX profil, truba va plastmassa mahsulotlari, 2,5 mln dollar - DSP, MDF plita, 2,5 mln dollar – qurilish oynasi va oyna mahsulotlari kabi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan.

Hozirda Tojikiston davlatiga gazobeton bloklari, issiqlik saqlovchi plitalar, tabiiy toshlar, oboy kabi mahsulotlar eksportini yanada oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech