- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Toshkent viloyati qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hudud
9 Sep 2024
249
Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Toshkent viloyatining Respublikada ulushi 15,8 foiz bo‘lib, shundan hudud sanoatida qurilish materiallari ishlab chiqarish ulushi 7,2 foizni tashkil qilmoqda.
Viloyatda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati sohasida 1105 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.
2024 - 2025-yillarda qiymati 213 mln. dollar bo‘lgan 33 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
Natijada, 2 068 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shu bilan birga katta o‘lchamdagi keramik plitka, metall mahsulotlari, PVX mahsulotlari, quruq qurilish qorishmalari, deraza va eshik rom, beton va temir-beton mahsulotlari, gazobeton, oyna mahsulotlari, kaolindan chinni idishlar kabi yangi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Jumladan, 2024-yilda qiymati 104 mln. dollar bo‘lgan 24 ta investitsiya loyihalari ishga tushiriladi.
Hududda 2024-yilda yuqori qo‘shilgan qiymatli, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yirik investitsiya loyihalari ishga tushirildi. Xususan,
Angren shahrida “Zhong Peng Ceramics Group International” MCHJ XK (Xitoy) tomonidan qiymati 26,6 mln. dollar bo‘lgan yillik quvvati 7,5 mln. kv. metr katta o‘lchamdagi keramik plitka ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.
Hududda shuningdek, yillik quvvati 2,4 ming tonna shisha tolali mato ishlab chiqarish imkoniyatiga ega “Angren Glassfiber” MCHJ foydalanishga topshirildi.
Mavjud quvvatlarning oshirilishi va yangi ishga tushirilgan loyihalar hisobidan joriy yilda viloyatda ishlab chiqarish hajmi 8,7 trln. so‘mga yetkaziladi.
Loyihalar ishga tushishi natijasida 26,3 mln. dollarlik mahsulotlar eksportga yo‘naltiriladi, 540 mlrd. so‘mlik qo‘shilgan qiymat yaratiladi va byudjetga qo‘shimcha 135 mlrd. so‘m tushum tushirilishiga erishiladi.