- Главная
- Matbuot markazi
- Uyushma yangiliklar
- Xalqaro ko‘rgazma davom etmoqda
16 Dec 2021
397
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Made in Uzbekistan" Xalqaro sanoat mahsulotlar ko‘rgazmasining ikkinchi kuni B2B uchrashuvlari bilan boshlandi. Unda Ozarbayjon va O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari o‘zaro manfaatli muzokaralar olib borishmoqda. Shu bilan birga mahalliy yirik kompaniya va korxonalar taqdimoti o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, tadbirda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 20 ga yaqin tadbirkor tomonidan taqdim etilgan 40 ga yaqin mahsulotlar bilan ishtirok etmoqda. Yanvar-sentabr oylarida Ozarbayjon davlatiga 2,7 mln dollarlik qurilish materiallari yetkazib berilgan. Xususan, keramik plitka, bazalt tolasi, PVX profillari, quruq qurilish qorishmalari kabi mahsulotlar eksporti amalga oshirilgan. O‘zbekiston hududida Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 178 ta korxona faoliyat yuritadi, shundan 63 tasi qo‘shma va 115 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalardir. 2021 yil yanvardan sentabrgacha bo‘lgan davr mobaynida. mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 73 million dollarni tashkil etadi. Shundan eksport - 44,6 million dollar, import – 28,4 mln dollar.


