Xalqaro oyna yiliga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi

News image

Bugun poytaxtimizda “Kvars” AJ tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro oyna yili”ga big‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda tegishli vazirlik, idora va tashkilot vakillari, mutaxassislar ishtirok etishdi.

Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisining o‘rinbosari Bahodir Ismailov so‘zga chiqib mamlakatimizdagi qurilish materiallari sanoati rivoji, yirik investitsiya loyihalar, mavjud sanoat korxonalar imkoniyatlari, ayniqsa qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha malga oshirilayotgan ishlar haqida to‘liq ma’lumot berdi. Shuningdek, tadbir davomida spikerlar “Kvars” AJda umumiy qiymati 70,2 mln dollar bo‘lgan, yiliga 22,2 mln kv metr 2 mm shartli qalinlikdagi bo‘lgan float oynasi ishlab chiqarish yangi texnologik liniyasi haqida ham so‘z yuritishdi.

1.jpg

Ta’kidlanishicha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2022 yilni Xalqaro oyna yili deb tasdiqladi va e’lon qildi. Assambleya barcha manfaatdor tomonlarni xabardorligini oshirish va kundalik hayotda oynaning ahamiyatiga e’tibor berishga qaratilgan tadbirlar orqali Xalqaro yilni nishonlashni taklif qildi. “2022 yil-Xalqaro oyna yili” oyna ishlab chiqarish yo‘nalishida barqarorlikka erishish, ish o‘rinlari yaratish va turmush tarzini yaxshilashda rivojlanayotgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun eng yaxshi tajriba almashish va asosiy manfaatdor tomonlar o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi.

2.jpg

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda qurilish oynasi “Kvars” AJ va “Mingyuan SiLu Industry” MCHJ (Xitoy) qo‘shma korxonalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan qurilish oynasi ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mahsulot turini ko‘paytirish, mazkur yo‘nalishda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

3.jpg

Ana shunday yirik investitsiya loyihalaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 sentabrdagi R-5374-sonli “Kvars” aksiyadorlik jamiyatida silliqlangan oyna ishlab chiqarish yangi liniyasi qurish investitsiya loyixasini amalga oshirishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Farg‘ona viloyatida joylashgan “Kvars” AJda amalga oshirildi.

Qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi hisoblangan korxonada umumiy qiymati 70,2 mln dollar bo‘lgan float oynasi ishlab chiqarish yangi texnologik liniyasi bunyod etildi. Ushbu bunyodkorlik ishga 41,5 mln. dollar xorijiy kredit liniyasi doirasida Asakabank kredit mablag‘lari va 28,7 mln. dollar korxonaning o‘z mablag‘lari yo‘naltirilgan. Yangi liniyada yiliga 22,2 mln kv metr 2 mm shartli qalinlikdagi bo‘lgan float oynasi ishlab chiqariladi. Korxonaga Yevropa va Xitoy davlatidan qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniyalardan zamonaviy, energiya tejamkor, so‘nggi rusumdagi uskunalar keltirilib o‘rnatildi va eng muhimi - 280 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

4.jpg

Yana muhim jihatlari - loyiha amalga oshirilgach mahsulot ishlab chiqarilishida energiya sarfi 2 barobarga kamaydi va tannarxi 20-30 foizga arzonlashishi kutilmoqda. Shuningdek, korxonaning qurilish oynasi ishlab chiqarish bo‘yicha yillik quvvati 10 mln kv. metrdan 32 mln kv. metrga (shartli 2 mm qalinlikda) yoki 50 ming tonnadan 160 ming tonnagacha yetkazildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mahalliy bozorda qurilish oynasiga bo‘lgan talab deyarli koplanib, eksport ko‘lami kengaytirildi.

Qurilish oynasi ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish yo‘nalishida Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida ham umumiy qiymati 116 mln dollar bo‘lgan yiliga 17,6 mln kv metr 2 mm. shartli qalinlikdagi qurilish oynasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona barpo etilyapti.

Konferensiya erkin muloqot tarzida o‘tkazildi. Unda yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga rahbarlar va mutaxassislardan to‘liq javob olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech