Xitoy sement ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (XSICHU) Bosh kotibi O‘zbekistonda

News image

Bugun “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Xitoy sement ishlab chiqaruvchilari uyushmasi (XSICHU) Bosh kotibi Van Yutao boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma rahbariyati, mutaxassislar, mahalliy sement ishlab chiqaruvchilar ishtirok etishdi.

Dastlab, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruv raisi maslahatchisi B.Ismailov Respublika qurilish materiallari sanoati rivoji, uyushma faoliyati haqida ma’lumot berdi.

IMG_1034.jpg

Shu bilan birga tadbirda O‘zbekiston sement bozori, uning xususiyatlari, barqarorlik ta’minlash va unda xitoylik investorlarning o‘rni, sement ishlab chiqarish quvvatlarining atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish, energiya tejamkorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini qo‘llash, samaradorlikni oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda xitoylik mexmonlar O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish jarayonlarini yuqori baho berib, kelgusidagi hamkorlik aloqalari haqida ta’kidlandi. Shuningdek, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshchiligida O‘zbekiston sement ishlab chiqaruvchi kompaniyalarini joriy yilning 26-28-iyun kunlarida Xitoyning Uxan shahrida tashkil etilayotgan Sement ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalari xalqaro ko‘rgazmasiga taklif etishdi.

IMG_1037.jpg

IMG_1041.jpg

Qurilish materiallari sohasida ikki davlat texnologiya yutuqlari bo‘yicha bo‘lishish va ularni qo‘llash bo‘yicha 2024-yilning kuz oylarida O‘zbekistonda xalqaro konferensiya o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda mamlakatimizda sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 38 ta korxona mavjud bo‘lib, ularning yillik quvvati 35,3 mln tonnaga yetkazilgan.

IMG_1042.jpg

IMG_1045.jpg

Joriy yilning yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha jami 4,8 mln tonna sement ishlab chiqarilgan.

Manba: Matbuot xizmati
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech