Xitoyning Mebel va bezatish savdo palatasi presidenti “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida

News image

“O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida Xitoyning Mebel va bezatish savdo palatasi hamda Xalqaro hamkorlik qo‘mitasi ijrochi prezidenti Guan Peiying boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda uyushma rahbariyati, soha mutaxassislari hamda Xitoyning eng yirik qurilish materiallari kompaniyalari vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, uyushma boshqaruv raisi o‘rinbosari Ilyos Raximov O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining rivojlanish istiqbollari, yirik investitsiya loyihalari, energiya tejamkor qurilish materiallari ishlab chiqarish, xalqaro aloqalar, sohadagi tadbirkorlar faoliyati haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, uchrashuv davomida eshik va deraza tizimlari, pol qoplamalari va bo‘yoq mahsulotlari haqida ma’lumotlar berildi.

20240926_101714.jpg

Mexmonlarga O‘zbekistonda pol qoplamalari va bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha bir nechta istiqbolli loyihalar taklif etildi.

Xitoy delegatsiyasi 2025-yilning birinchi yarmida hamkorlikda forum o‘tkazish, O‘zbekistonga Xitoyning o‘ymakorlik va naqshchilik texnologiyalarini olib kirish hamda tajriba almashish bo’yicha firk bildirishdi. Shu bilan birga Xitoy va Markaziy Osiyoning 5 ta davlati bilan hamkorlikda federatsiya tashkil etish taklifi ilgari surildi.

20240926_101728.jpg

Shu kuni har ikki tomon vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutasaddilardan to‘liq javob olishdi. Shu bilan birga uyushma bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasida kelishib olishdi.

Manba: Matbuot xizmati

Мероприятия calendar icon

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech